1

Antibiotiklardan keyin organizmni tiklaymiz!

Salomatlik 03.01.2017, 15:29
Teglar: Salomatlik, Bola, SUGDIYONA
Antibiotiklardan keyin organizmni tiklaymiz!

Shifokor tavsiyasiga ko`ra, kichkintoy antibiotik preparatlari bilan davolandi. Xo`sh, endi uning immun tizimiga ziyon etadimi? Kichkintoy tezroq oyoqqa turishi va qaytalamasligi uchun boshqa dorilarni xarid qilish kerakmi? Ota-onalar dilbandiga qanday yordam berishlari mumkin? Bu haqda tibbiyot fanlari doktori, pediatr Inobat Ahmedova so`zlab beradi.

Virusmi yoki bakteriya, aniqlab oling!

Keling, birinchi galda qaysi holatlarda antibiotiklar ta`sir kuchiga egayu qachon butunlay befoyda, hatto zararli ekanligiga oydinlik kiritib olsak. Inson organizmidagi mikroblar ikki katta guruh: virus va bakteriyalarga bo`linadi. Afsuski, bugungi kunda viruslarga qarshi dori vositalari hali o`ylab topilmagan. Lekin bakteriyalar ko`payishining oldini oluvchi va nobud qiluvchi preparatlar mavjud. Va ular antibiotiklar nomi bilan mashhur. Endi kichkintoy virus hujumiga uchraganmi yoki bakteriyaningmi, shuni aniqlash lozim. Agar bolaning burni oqsa, tumov, isitma, yo`tal bezovta qilsa, ya`ni O`RVI bilan xastalangan bo`lsa, antibiotiklar yordam bera olmaydi. Agar bola organizmida bakteriyalar bo`lsa, shifokor tomonidan antibiotik preparatlari tavsiya etiladi.  

Asorati — ich ketish?!

Ko`pgina onalar antibiotikli muolajalardan keyin farzandining ichi ketishidan shikoyat qilishadi. Aslida, ich ketishi antibiotik preparatlarga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq emas. Odatda, bir necha kun davomida xastalangan kichkintoy juda kam taom tanovul qiladi. U biroz o`ziga kelgach, ko`pchilik onalar quvvati tiklansin degan maqsadda kuchli-kuchli ovqatlarni eyishga majburlashadi. Natijada, oshqozonga og`irlik tushib, ich ketishi yuzaga keladi. Bu holatda dori emas, ko`proq onaning uquvsizligi pand beradi.

Qaytalamaslik uchun...

Mana, kichkintoy shifokor tavsiyasiga ko`ra, antibiotik dorilar qabul qildi. Kasallik ham chekindi! Endi uning o`rniga boshqa xastalik o`rnashib olmasligi uchun ota-onalar nimalarga e`tibor qaratishlari lozim, shu masalaga oydinlik kiritsak.  

  • Infeksiyalarning eng asosiy tarqatuvchilari insonlar hisoblanadi. Shu sababli endigina tiklanayotgan yosh organizm 5-7 kun odamlar jamoasiga qo`shilishi, bog`cha, maktab, teatr, sirkka borishi mumkin emas. Aks holda, u qayta kasallikka chalinishi ehtimoli yuqori.
  • Bilasiz, infeksiyalarning asosiy qismi oshqozonda «kun kechiradi». Shuning uchun hazmi og`ir taomlarni berish ham tavsiya etilmaydi. Agar kichkintoyingiz «Egim kelmayapti» desa, buni injiqlik deb emas, organizmning talabi sifatida qabul qiling va bolani majburlamang.
  • Shuningdek, hayvon yog`laridan tayyorlangan taomlarni ham ma`lum muddatga cheklang.
  • Va albatta, toza havoda sayr qilish yoddan chiqmasin. Shunda dilbandigngizning salomatligi tezda tiklana boshlaydi.  

Ko`p qabul qilinsa, ta`siri kamayadimi?

Kichkintoy antibiotiklarni birinchi marta ichganida, odatda, dori unga yaxshi ta`sir qiladi. Bilingki, endi bolangizning organizmi antibiotikka qarshi antinalar ishlab chiqara boshlaydi. Biroq keyingi safar unga aynan shu antibiotikni bersangiz, natija birinchi safargiday samarali bo`lmasligi mumkin. Ustiga-ustak, allergiya yuzaga kelishi ehtimoli ortadi. Shuning uchun ona jigarbandi avval qanday nomdagi antibiotiklarni qabul qilganini aniq bilishi va bu haqda davolovchi shifokorini ogohlantirishi lozim. O`zbilarmonlik bilan zaruratsiz antibiotiklarni qabul qilish oqibatida viruslarning dorilariga chidamli turlari paydo bo`ladi.

«Allergiyaga qarshi dori bersamchi?»

Antibiotikli muolajadan so`ng allergiya yuzaga kelmasligi uchun ba`zi onalar antigistamin (allergiyaga qarshi) preparatlar ichirishga odatlanishgan. Ammo mutaxassislar buni tavsiya etishmaydi. Ayniqsa, bola dorini birinchi marta qabul qilayotgan bo`lsa. Chunki ma`lum preparat birinchi marta berilganda allergiya qo`zg`atish-qo`zg`atmasligi tekshiriladi. Agar preparatdan so`ng ikki soat davomida bolaning terisida toshmalar, qizarish, qichishish paydo bo`lsa, antibiotik darhol bekor qilinadi. Mabodo, bolaga antibiotiklar bilan birga allergiyaga qarshi vositalar ham ichirsangiz, dorining allergiyasi qo`zg`atish-ko`zg`atmasligini darhol aniqlash imkoniyati yo`qoladi. Natijada, antibiotikni ko`p marta qabul qilgan bolakayda kuchliroq allergiya yuzaga keladi.

Bifido- va laktobakteriyalar

Aslida, bu bakteriyalar oshqozon mikroflorasini yaxshilash uchun tavsiya etilishi mumkin. Biroq to`g`ri parhez va bolani ovqat eyishga majburlamaslik oshqozon-ichak faoliyati tiklanishini jadallashtiradi. Shuning uchun turli bakterial preparatlarga hojat qolmaydi. Aslida, bifido- va laktobakteriyalar organizm uchun butunlay beziyon hisoblansa-da, antibiotikli muolajalardan keyingi foydasi tegishi mumkinligi hali isbotlanmagan.

MAFTUNA tayyorladi.

 

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1