AsosiySport

Keyrush Eron terma jamoasining BAAdagi yig`iniga chaqirilgan futbolchilarni e`lon qildi

Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush 2-9 yanvar kunlari BAAda bo`lib o`tadigan yig`inga jalb etilgan futbolchilar ro`yxatini e`lon qildi.

Eron terma jamoasining yangi yildagi dastlabki yig`iniga 24 nafar futbolchi jalb etilgan. Ta`kidlash joiz, Karlush Keyrush mazkur yig`inga Evropada to`p suradigan legionerni chaqirmagan. Faqatgina, Rossiyaning “Terek” klubida to`p surayotgan  Milod Muhammadiy mazkur yig`inga jalb etilgan.

Asosan, Eron Pro-Ligasida faoliyat olib boradigan futbolchilardan tashkil topgan yig`inda, terma jamoa bosh murabbiyi bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o`tkazishni rejalashtirgan.

Ma`lumot uchun, Eron milliy terma jamoasi JCh-2018 3-saralash bosqichidagi O`zbekiston terma jamoasining raqibi sanaladi.

Eron terma jamoasining BAAdagi yig`iniga jalb etilgan futbolchilar ro`yxati:

Darvozabonlar:

Muhammadrizo Axboriy ("Traktorsoziy", Tabriz)

Alirizo Biyronvand ("Persepolis", Tehron)

Muhammadrashid Mazohiriy ("Zob Ohan", Isfahon)

Himoyachilar:

Muhammad Ansoriy ("Persepolis", Tehron)

Vuriya G`ofuriy ("Istiqlol", Tehron)

Sayyidjalol Hussayniy ("Persepolis", Tehron)

Muhammad Eronpuriyon ("Traktorsoziy", Tabriz)

Milod Muhammadiy ("Terek", Grozniy)

Vohid Muhammadzoda ("Zob Ohan", Isfahon)

Izzatulloh Purg`oz ("Istiqlol", Xuziston)

Ramin Rizoyon ("Persepolis", Tehron)

Yarim Himoyachilar:

Vohid Amiriy ("Persepolis", Tehron)

Umid Ibrohimiy ("Istiqlol", Tehron)

Ehson Hojisafiy ("Sepohon", Isfahon)

Kamol Kamyobiniya ("Persepolis", Tehron)

Surush Rafe`iy ("Traktorsoziy", Tabriz)

Dariyush Shojaiyon ("Gustarish Fulad", Tabriz)

Hujumchilar:

Soson Ansoriy ("Fulad", Xuziston)

Ma`sud Ibrohimzoda ("Gustarish Fulad", Tabriz)

Farzod Hotamiy ("Traktorsoziy", Tabriz)

Ehson Pahlavon ("Zob Ohan", Isfahon)

Murtazo Tabriziy ("Zob Ohan", Isfahon)

Mehdi Toremi ("Persepolis", Tehron)

Mehdi Rahim Zahiviy ("Istiqlol", Xuziston)

Boshqa yangiliklar