1

Turkmaniston Eronga gaz uzatishni to`xtatgani yo`q

Dunyo 04.01.2017, 12:09
Turkmaniston Eronga gaz uzatishni to`xtatgani yo`q

So`nggi paytlarda bir qator ommaviy axborot vositalarida 2017 yil 1 yanvardan boshlab, Turkmaniston ikki tomonlama kelishuvlarga zid ravishda Eronga  tabiiy gaz etikazib berishni to`xtatib qo`ygani haqidagi xabarlar tarqaldi. Yana ayrim nashrlar esa, Eron va Turkmaniston orasida yana besh yil muddatga tabiiy gaz etkazib berish borasidagi bitim imzolanganini xabar qilindi. 

Shu munosabat bilan Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi bir-biriga zid mazmundagi ushbu xabarlarni asossizligi haqida bayonot berdi. 

Turkmanistonning mamlakatimizdagi elchixonasi bergan ma`lumotlarga ko`ra, 1997 yil dekabr oyidan beri Turkmaniston ikki tomonlama oldi-sotdi shartnomasiga izchil amal qilgan holda Eronga tabiiy gaz etazib berayotir. Biroq, Eron Milliy gaz  kompaniyasi 2013 yildan boshlab, Turkmanistonga tabiiy gaz bo`yicha qarzlarni vaqtida to`lamay kelmoqda. Natijada vujudga kelgan  qarzdorlik bu boradagi ishlarni davom ettirishga to`sqinlik qilayotir.

2016 yil davomida mazkur qarzlarni vaqtida to`lash lozimligi, aks holda tabiiy gaz etazib berishda cheklovlar yuzaga kelishi borasida eronlik hamkorlar   rasman xabardor etib kelingan.  Ta`kidlash joizki, bu mablag` o`z-o`zini moliyaviy ta`minlab kelayotgan “Turkmangaz” Davlat konserni hisobiga kelib tushadi. Mablag`ning vaqtida to`lanmasligi tabiiy gazni Eronga uzatish borasidagi ishlarning texnik jihatdan to`xtab qolishiga sabab bo`ladi. Ayni paytga qadar Turkmaniston tomoni mavjud vaziyatni bartaraf etish bo`yicha bir qancha takliflarni ilgari surgan. Eron Milliy gaz kompaniyasi bu masalaning echimiga etarlicha e`tibor qaratmagani 2017 yilning 1 yanvaridan turkman tabiiy gazininig Eronga etkazib berilishida  ma`lum cheklovlar o`rnatilishiga sabab bo`ldi. 

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi ushbu masalaga siyosiy tus berish mutlaqo o`rinsiz ekanini ma`lum qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1