1

2017 yilda Erning yo`qolishi bashorat qilindi

Dunyo 05.01.2017, 11:39
2017 yilda Erning yo`qolishi bashorat qilindi

Devid Mid ismli olim, Nibiru nomi bilan mashhur X Sayyorasi tomonidan bizning sayyoramiz 2017 yilning oktyabrida yo`q qilinishi bashorat qilindi.

Uning fikricha, ushbu osmon jismi bizning sayyoramiz bilan to`qnashib ketadi va o`z yo`lida barcha jonzotlarni yo`q qiladi.

Bundan tashqari, olimlar odamlar sarosimaga tushmasliklari uchun bu haqda ularga aytishmayapti deydi olim. Midning aytishicha, so`nggi vaqtlarda sayyoramizning er qobig`ida o`pirilish, yoriqlar va zilzilalar tez-tez sodir bo`lmoqda. Bularning hammasi Erga X Sayyorasining yaqinlashayotgani bilan bog`liq. Issiqlik to`lqinlari kuchli bo`lib bormoqda, davomiyligi bo`yicha ham ular uzoqroq davom etmoqda. Bu X sayyorasining yaqinlashishi bilan bog`liq, deya ta`kidlaydi konspirolog. 

Eslatib o`tamiz, bu erning vayron bo`lishi bilan bog`liq ilk talqin emas. Avvalroq sayyoramizni Nibiru 2015 yilning dekabrida hamda 2016 yilning sentyabrida vayron qilishi haqida xabar berilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1