1

Sadriddin Abdullaev va Lutfulla To`raev Malayziyaga ketmoqda

Sport 05.01.2017, 11:51
Sadriddin Abdullaev va Lutfulla To`raev Malayziyaga ketmoqda

O`zbekistonlik yana ikki nafar yarim himoyachi faoliyatini Malayziyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Olamsport” nashri ma`lum qilmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, "Lokomotiv" klubi a`zosi Sadriddin Abdullaev va "Felda Yunayted" bilan shartnomasi tugagan Lutfulla To`raev faoliyatini yana Malayziyada davom ettirishi mumkin.

Abdullaev o`z vaqtida "T-Tim" klubi sharafini himoya qilgandi. To`raev esa 2016 yilda "Felda" safida Malayziya vise-chempioni bo`ldi. Hozircha bu futbolchilar qaysi klublarga ketishayotgani haqida ma`lumotlar yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1