1

Kanadada yo`lovchi tashuvchi samolyotlar to`qnashdi

Dunyo 05.01.2017, 12:20
Kanadada yo`lovchi tashuvchi samolyotlar to`qnashdi

Kanadaning Toronto shahridagi Pirson xalqaro aeroportida ikki yo`lovchi samolyot to`qnashdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.  

Pakistan International Airlines va Air France aviakompaniyalariga tegishli ikki samolyot qo`nish terminallaridan birida bir-biriga urilib ketdi. Pokiston avialayneri qanoti bilan ikkinchi samolyotni urib yubordi.

Aviahalokatdan hech kim jabrlanmadi. Favqulodda hodisa tufayli yo`lovchilar bir necha soat terminalda parvozni kutishga majbur bo`lishdi. Hozirda voqea tafsilotlari o`rganilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1