1

Istanbuldagi hujum: 18 yoshli Lian Nasserning ilk sayohati fojia bilan yakunlandi

Dunyo 05.01.2017, 12:30
Teglar: Turkiya
Istanbuldagi hujum: 18 yoshli Lian Nasserning ilk sayohati fojia bilan yakunlandi

Isroilda yashovchi 18 yoshli Lian Nasser ismli qiz ota-onasidan uni Istanbulga borishiga ruxsat berishlarini so`raydi. U hech qachon mamlakat tashqarisiga chiqmagan edi

Lianning uch nafar do`sti Yangi yil bayramini o`tkazish uchun Istanbulga ketayotgan edi. Lian ular bilan borishni juda xohlagan edi. Biroq, qizning otasi bunga qarshilik qildi. U Istanbuldagi notinch vaziyat sabab qizining hayotini xavf ostiga qo`yishni istamadi.  Ota qizi Yangi yilni uyda, yaqinlari davrasida kutib olishini xohlagan edi. Shunda Lian otasini ko`ndirishda ammasi Layal Maservaxdan yordam so`raydi. Amma bahsda jiyani tomon bo`ladi. 

“Uning otasi bu hoyaga qarshi edi. U Istanbul notinchligini, u erga borish xavfli ekanligini ta`kidlar edi. Biroq, Lian o`ziga hech narsa qilmasligini ta`kidlab, o`z so`zida turib oldi”,—deydi Layal Maservax. 

Lian Nasserning kelajakda bir olam orzulari bor edi. U 2017 yilning iyun oyida kollejni tugatganidan so`ng shifokor bo`lishni orzu qilardi. U o`qish bilan birgalikda stomatologiya klinikasida ishlar edi. Qiz mashina sotib olish uchun pul ham yig`ayotgan edi. 

Shunday qilib, to`rt nafar yosh qizlar Istanbuldagi Reina klubiga yo`l oladi. 

31 dekabr kechasida, fojiadan bir necha daqiqa avval  Lian o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga tungi klubda tushgan suratini joylashtirgan. Suratlarda kameraga tik qarab turgan Lianning tabassumi aks etgan.

1 yanvar tongida butun dunyo Istanbulda yuz bergan fojiadan xabar topdi. Tungi klubga hujum oqibatida 39 kishi halok bo`ldi, o`nlab insonlar yaralandi. 

Lian Nasser esa yo`qolib qoldi. Uning otasi birinchi reys bilan Turkiyaga uchdi.  Oila a`zolari Ollohdan Lianning tirik bo`lishini tiladi...

Polisiya Lianning otasiga bir nechta qonga bo`yalgan taqinchoqlarni ko`rsatdi. Qattiq tushkunlik ta`sirida ota bu taqinchoqlarning qiziga tegishli yoki tegishli emasligini eslay olmadi. Ota yurak shaklidagi uzuk va yashil ko`zli bilaguzukni rasmga oldi va qizning ammasiga jo`natdi. Ammasi esa ularni tanidi...

Shundan keyin qizning ham tungi klubga hujum paytida halok bo`lgani tasdiqlandi.  

“Men o`zimni kechira olmayapman. Qaniydi, u emas, men halok bo`lganimda. Nega u bilan bormadim? Nega uni himoya qilmadim?”,—deydi qizning ammasi.

Lian Nasserning jasadi o`z vataniga yuborildi. Bu uning hayotidagi ilk sayohat va uyga so`nggi bor qaytish edi...

Sharhlar

Samarqandlik firibgar Istanbulda ushlandi

08.05.2024, 12:20

1979 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan  Raximov Ozod Sadulloevich Istanbul shahrining Fatix tumanida qo`lga olindi. U  u firibgarlik va odam savdosi bilan shug`ullanganlikda ayblanmoqda.Bu haqida Bosh...
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini uzdi

03.05.2024, 14:22

Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini to`xtatdi. Bu haqda Bloomberg agentligi ikki turk rasmiysiga asoslanib xabar bermoqda.Ularga ko`ra, 2 maydan boshlab Anqara yahudiy davlatiga barcha eksport va...
Endi Turkiyani suv bosmoqda (video)

01.05.2024, 16:06

Mamlakat poytaxtida yoqqan kuchli yomg`ir sabab Anqara ko`chalarini suv bosdi. Bu haqda TRT haber ma`lum qildi.Buning oqibatida shahar transport tizimi va aeroport ishida uzilishlar kuzatilgan.“Yo`llar...
Erdo`g`an Iroq bilan munosabatlarda burilish nuqtasi borligini ma`lum qildi

22.04.2024, 20:57

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`anning Iroqqa tashrifi va uning doirasida imzolangan kelishuvlar Turkiya-Iroq munosabatlarida yangi burilish nuqtasi bo`lishiga ishonch bildirdi. Bu haqda davlat rahbari Iroq...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1