1

14 futbolchiga javob bergan “Olmaliq” Shavkat Mullajonov bilan shartnoma imzoladi

Sport 05.01.2017, 14:46
14 futbolchiga javob bergan “Olmaliq” Shavkat Mullajonov bilan shartnoma imzoladi

Shu yilning 4 yanvaridan “Olmaliq”ning yangi mavsum tayyorgarligi doirasidagi ikkinchi yig`ini boshlandi. Bu haqda “Sports.uz” portali xabar bermoqda.

Olmaliqliklarning Toshkentdagi yig`iniga “Buxoro”ning ikki futbolchisi Shavkat Mullajonov va Kamoliddin Murzoev qo`shildi. Ma`lum bo`lishicha, o`tgan mavsumni “Buxoro”da o`tkazgan himoyachi Shavkat Mullajonov “Olmaliq” bilan shartnoma imzolagan.

Hozircha, tomonlarning qancha muddatga kelishuvga erishganliklari borasida ma`lumotlar yo`q. Oldinroq “Olmaliq”ning 14 futbolchiga javob bergani ma`lum bo`lgandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1