Betob bo`lmaslikning iloji bormi yoki dardga chalinsangiz, qanday qilib tezda sog`ayish mumkin? Dori-darmonsiz davolanish usullari bormi? Qanday to`g`ri chiniqish va shamollashdan so`ng tezda tiklanish mumkin? Shu va boshqa savollarga quyida javob topasiz!
- Chiniqing. Asosiysi, o`z vaqtida, to`g`ri chiniqishga harakat qiling.
- Immunitetingizni mustahkamlovchi tabiiy preparatlarni qabul qiling. Jenshen, limon o`ti, eleuterokokk kabi tabiiy giyohlardan foydalaning. Biroq malhamlarni iste`mol qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
- Gripp mavsumida odam gavjum joylarga borganda maxsus niqoblardan foydalaning. Niqobni o`zingiz ham uy sharoitida tayyorlashingiz mumkin: doka bo`lagiga (100x50 sm) paxtani ingichka qilib (30x20 sm) qo`ying. So`ng dokani buklang, paxta ichida qolsin va chetini shunday qirqingki, natijada ikki juft bog`ich hosil bo`lsin.
- Agar oilangizda kimdir grippga chalingan bo`lsa, ovqatlangandan so`ng idishlarini qaynating yoki bemor uchun alohida idish ajrating.
- Sovuq havoda burun bilan nafas olishga harakat qiling. Burunning shilliq pardasi havodagi viruslarni filtrlay oladi. Og`iz bo`shlig`ida esa unday emas.
- Oktyabrdan aprel oyigacha har kuni S vitamini yoki askorbin kislotasi iste`mol qiling. Epidemiya davrida vitaminlarni 1000 mg ko`paytirish kerak. Darvoqe S vitaminini shifokor nazoratisiz iste`mol qilmang: keragidan ortiq qabul qilinsa, buyrakda tosh paydo bo`lishi mumkin.
- Grippga qarshi emlattiring. Biroq avval shifokor bilan maslahatlashing.
- Uyingizda ozodalikka rioya qiling.
- Iloji boricha qo`lingizni tez-tez sovun bilan yuvib turing. Ko`chadan kelganingizdan so`ng tezda yuvinib oling.
- Ikki kunda bir marta xonani shamollating va dezinfeksiya qiling. Buning uchun sarimsoq piyozning bir bo`lagini va achchiq qalampirni parrak-parrak qilib to`g`rang va likopchaga solib, xona chetlariga qo`yib chiqing. Bir necha soat tursin.





