1

Bukingem saroyi qo`riqchisi Elizaveta II ga qarata o`q uzmoqchi bo`ldi

Dunyo 05.01.2017, 16:57
Bukingem saroyi qo`riqchisi Elizaveta II ga qarata o`q uzmoqchi bo`ldi

Kechasi uyqusi qochib bog`da sayr qilib yurgan qirolicha Elizaveta II ni tanimagan Bukengem saroyi qo`riqchisi unga qarata o`q uzmoqchi bo`ldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Bu haqda gvardiyachining o`zi ma`lum qildi. Uning so`zlariga qaraganda, qirolichaning kechasi uyqusi qochgan va elkasiga paltosini tashlab, aylangani chiqqan.

Saroy hududini qo`riqlayotgan qo`riqchi qorong`ilikda ko`ringan sharpaga qarata o`q uzmoqchi bo`lgan va “Kim u?”, deb baqirgan. Ma`lum bo`lishicha, notanish sharpa — qirolicha bo`lgan.

“Jin ursin! Janobi oliyalari sizga qarata o`q uzishimga bir bahya qoldi!” deb qirolichaga yuzlangan qo`riqchiga Elizaveta II : “Hechqisi yo`q, hammasi joyida! Kelasi safar hovliga chiqadigan bo`lsam, qo`ng`iroq qilib, ogohlantiraman, shunda meni otmaysiz”, deb javob bergan.

Nashr voqeaning aynan qachon ro`y bergani haqida aniq ma`lumot bermagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1