1

“Lokomotiv” Muhammadiev va Turopovni o`z safiga qo`shib oldi

Sport 05.01.2017, 22:46
“Lokomotiv” Muhammadiev va Turopovni o`z safiga qo`shib oldi

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko`rayotgan Toshkentning "Lokomotiv" klubi o`z safiga ikki nafar yangi futbolchini qo`shib oldi. Bu haqda O`zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda. 

O`zbekiston milliy terma jamoasi, shuningdek Qarshining "Nasaf" klubi a`zosi Shuhrat Muhammadiev hamda "Olmaliq" yarim himoyachisi Diyor Turopov rasman "Lokomotiv" klubi bilan shartnoma imzolashdi.

Eslatib o`tamiz, Shuhrat Muhammadiev o`tgan mavsumda Qarshining "Nasaf" klubi safida bronza medallarga sazovor bo`lgan. Iste`dodli yarim himoyachi O`zbekiston milliy terma jamoasi safida bir nechta o`yinlarda ishtirok etgan va ayni damda ham terma jamoaga nomzod futbolchi sanaladi.

Diyor Turopov so`nggi bir necha mavsumni "Olmaliq" safida o`tkazdi. Qolaversa, yarim himoyachi O`zbekiston yoshlar va olimpiya terma jamoalarida muntazam maydonga tushib kelgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1