1

UEFA 2016 yilning ramziy terma jamoasini e`lon qildi

Sport 05.01.2017, 22:49
UEFA 2016 yilning ramziy terma jamoasini e`lon qildi

UEFA muxlislar ovozlari natijasiga ko`ra 2016 yilning ramziy terma jamoasini e`lon qildi, deya xabar bermoqda "Fut.uz" nashri. 

Ramziy terma jamoaning asosiy qismini «Real» futbolchilari egalladilar – Serxio Ramos, Toni Kroos, Luka Modrich va Krishtiano Ronaldu. Shu bilan birgalikda portugaliyalik hujumchi ushbu jamoa tarkibiga 11-martta kiritildi.

Bu natija eng yaqin ta`qibchi Lionel Messinikidan uch barobar ko`p deganidir.

UEFA ramziy terma jamoasi bilan tanishing:

Darvozabon: Janluiji Buffon («Yuventus», Italiya).

Himoyachilar: Serxio Ramos («Real», Ispaniya), Xerard Pike («Barselona», Ispaniya), Jerom Boateng («Bavariya», Germaniya), Leonardo Bonuchchi («Yuventus», Italiya).

Yarim himoyachilar: Andres Inesta («Barselona», Ispaniya), Toni Kroos («Real», Germaniya), Luka Modrich («Real», Xorvatiya).

Hujumchilar: Lionel Messi («Barselona», Argentina), Krishtiano Ronaldu («Real», Portugaliya), Antuan Grizmann («Atletiko», Fransiya).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1