1

Shvesiya qirolichasi saroyda arvohlar borligini ma`lum qildi

Dunyo 06.01.2017, 10:19
Shvesiya qirolichasi saroyda arvohlar borligini ma`lum qildi

73 yoshli Shvesiya qirolichasi Silviya o`zi istiqomat qiladigan Drottningxolm saroyida arvohlar borligini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Qirolichaning aytishicha, arvohlar juda yoqimtoy ekan. Uning hikoyalari asosida hatto hujjatli film ham olindi. XVI asrda bunyod etilgan saroy ko`plab tarixiy voqealarga guvoh bo`lgan.

“Ko`hna saroy tarixiy voqealarga tirik guvohdir, – deydi qirolicha Silviya. – Bu erda mening kichkina va yoqimtoy do`stlarim — arvohlar ham yashaydi. Ular bilan o`zimni hech qachon yolg`iz his qilmayman. Agar saroyda qorong`ida sayr qiladigan bo`lsangiz, ularni o`z ko`zingiz bilan ko`rishingiz mumkin”.

Drottningxolm saroyi Stokgolm shahri tashqarisida joylashgan. Bu er 1981 yildan boshlab, Shvesiya qirollik oilasining qarorgohiga aylantirilgan. Saroy uni tomosha qilish istagida bo`lgan tashrif buyuruvchilar uchun yil davomida ochiq turadi. Bu erda faqatgina qirollik oilasi istiqomat qiladigan binoning janubiy qanotiga kirish taqiqlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1