1

Turkiyada yangi terakt: Yana bir yirik hujum amalga oshirildi

Dunyo 06.01.2017, 11:05
Turkiyada yangi terakt: Yana bir yirik hujum amalga oshirildi

5 yanvar, payshanba kuni Turkiyaning kattaligi bo`yicha uchinchi o`rinda turadigan shahri Izmirda portlash sodir bo`ldi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

Portlovchi moslama sud zali binosi yonida harakatga keltirilgan. Portlash oqibatida ikki kishi—polisiyachi va sud xodimi vafot etgan.

Ayni paytda polisiya maxsus operasiyani davom ettirmoqda. Portlash bilan bog`liq batafsil ma`lumotlar hali oshkor etilmagan.

Turk OAVlari avvalroq polisiya bilan ro`y bergan otishmada ikki terrorchi halok bo`lgani, bir nafari esa qidiruvda ekanligini ma`lum qilgan edi.

Istanbuldagi teraktdan keyin Izmir shahrida terrorchini izlash bo`yicha yirik operasiya o`tkazilmoqda. Operasiya natijasida bir necha o`nlab shaxslar hibsga olingan. 

Istanbuldagi teraktni amalga oshirgan terrorchi mamlakat hududini tark etgan bo`lishi ham mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1