1

Germaniyada qochoqlar markazida ro`y bergan yong`indan 50 kishi jabrlandi

Dunyo 06.01.2017, 11:21
Germaniyada qochoqlar markazida ro`y bergan yong`indan 50 kishi jabrlandi

Germaniyaning g`arbiy qismida joylashgan qochoqlar markazida ro`y bergan yong`in tufayli 50 kishi jabrlandi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri. 

Voqea Xyofelxof shahrida, sobiq harbiylar kazarmasida joylashgan, Germaniyadan boshpana so`ragan 500 nafar qochoqlar yashaydigan markazda ro`y berdi.

Polisiya bergan ma`lumotlarga ko`ra, qutqaruvchilar 30 kishini yong`indan qutqarib, mahalliy kasalxonaga joylashtirgan. 2 o`t o`chiruvchi va 27 nafar odamga voqea joyida birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1