Barak Obama tomonidan tayinlangan AQShning chet eldagi elchilari yangi saylangan AQSh prezidenti Donald Trampning inaugurasiyasidan keyin vazifalaridan ozod etiladi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
AQSh prezidentining yangi guruhi shunday qarorga keldi. Bu haqda The New York Times nashri yozdi.
Ilgari yangi saylangan prezidentning inaugurasiyasidan keyin elchilar bir necha haftadan bir oygacha bo`lgan muddatga vazifalarida qolish huquqiga ega edi.
Tramp atrofiga o`z guruhini to`plamoqda. U milliy razvedka direktori lavozimiga Indiana shtatining sobiq senatori Deniel Koutsni tayinlashga qaror qildi.