1

Akmal Shorahmedov “Nasaf” o`yinchisiga aylandi

Sport 07.01.2017, 11:30
Akmal Shorahmedov “Nasaf” o`yinchisiga aylandi

“Nasaf” jaomasi o`z safiga tajribali himoyachi Akmal Shorahmedovni qo`shib oldi. Shorahmedov bilan kelishuv kecha kechki payt amalga oshirildi, deb xabar bermoqda qarshiliklar matbuot xizmati. 

Endi “Bunyodkor” jamoasining sobiq o`yinchisi va milliy terma jamoamiz safida ko`plab maydonga tushgan tajribali himoyachi – Akmal Shorahmedov qarshiliklar sharafini himoya qiladi.

O`yinchi haqida ma`lumot

To`liq ismi: Akmal Shorahmedov

Ampluasi: Himoyachi

Tug`ilgan sanasi: 10.05.1986

Fuqaroligi: O`zbekiston

Tug`ilgan joyi: Toshkent

Futbolchilik faoliyati:  "So`g`diyona" (Jizzax) - 2005-2006, "Navbahor" (Namangan) – 2007, "So`g`diyona" (Jizzax) – 2008, "Andijon" (Andijon) - 2009-2010, "Bunyodkor" (Toshkent) – 2011-2016, “Nasaf” (Qarshi) – 2016 yildan buyon.

 Akmal Shorahmedov bugun qarshiliklar bilan birga xorijiy yig`inga jo`nab ketadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1