AsosiySport

Bugun FIFA talqini bo`yicha 2016-yilning eng yaxshilari aniqlanadi

Bugun, 9 yanvar kuni Shveysariyaning Syurix shahrida Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) 2016 yil yakunlari bo`yicha taqdirlash marosimini o`tkazadi. Gala taqdimotda quyidagi yo`nalishlar bo`yicha g`oliblar aniqlanadi. 

Nominasiyalar bilan tanishing:

Eng yaxshi futbolchi
Krishtianu Ronaldu (“Real M” / Portugaliya)
Antuan Grizmann (“Atletiko” / Fransiya)
Lionel Messi (“Barselona” / Argentina).

Eng yaxshi ayol futbolchi
Melani Beringer (Germaniya)
Karli Lloyd (AQSh)
Marta (Braziliya).

G`olib nomi terma jamoalar murabbiylari, sardorlari, jurnalistlar va muxlislar ovozlariga ko`ra aniqlanadi. Har bir guruh 25%dan ovozga ega. 

Bu yildan boshlab France Football jurnali “Oltin to`p”ni topshirsa, FIFA – o`zi alohida mukofot beradi.

Eng yaxshi murabbiy
Klaudio Raneri (“Lester”)
Fernandu Santush (Portugaliya)
Zinedin Zidan (“Real M”).

Eng yaxshi ayol murabbiy
Jilian Ellis (AQSh)
Silviya Nayd (Germaniya)
Pia Sanxeyj (Shvesiya) 

Eng yaxshi muxlislar
“Den Xaag” muxlislari
“Borussiya D” – Liverpul” uchrashuvi muxlislari
Islandiya terma jamoasi muxlislari

Eng chiroyli gol uchun Pushkash mukofoti
Marlon ("Korintians" / Braziliya)
Doniuska Rodriges (U-17 Venesuela ayollar termasi )
Mohd Fayz Subri ("Penang" / Malayziya)

Bundan tashqari marosimda feyr-pley sovrini ham o`z egasini aniqlaydi. Marosim Toshkent vaqti bilan soati 22:30 da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar