Madridning "Real" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.
Syurixda bo`lib o`tgan taqdimot marosimida portugaliyalik futbolchiga The Best sovrini topshirildi. Eslatib o`tamiz, ushbu sovringa shuningdek "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Atletiko" forvardi Antuan Grizmann ham da`vogarlik qilgan edi.

G`olib nomi terma jamoa murabbiylari, sardorlari, jurnalistlar va muxlislar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnoma natijasida aniqlangan. Har bir soha vakillari ovoz berishda teng - 25 foizdan ulushga ega bo`lgan.
AQSh ayollar terma jamoasi hujumchisi Karli Lloyd FIFA talqiniga ko`ra 2016 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topildi.






