Adenium
Ushbu qanoatli o`simlikni odamlar jingalak qirqquloq deb ham atashadi. U boshqa qirqquloqlar kabi soyani va turpog`i doim nam bo`lib turishini yoqtiradi. Biroq elvizaklarga sira toqat qilolmaydi. Idorangiz yo`laklariga joylashtirsangiz, sira yanglishmaysiz.
Aukuba
Bu gul subtropik o`rmonlarda o`sgani sabab soya-salqinga shunchalik ko`nikkan-ki, yovvoyi tabiatda aukuba o`sadigan joylarda boshqa o`simliklar deyarli o`smaydi. Shuning uchun bu gulni yorug`lik kam etib keladigan burchakka joylashtirsangiz, barglari yanayam chiroyli tusga kiradi.
Drasena
Bu gul yarim soya joylarda, ayniqsa, yaxshi rivojlanadi. U yorug`likni yoqtirsa-da, to`g`ridan-to`g`ri tushuvchi quyosh nurlariga sira toqat qilolmaydi.
Sansevieriya
Ba`zilar bu gulning «qaynona tili» deb ham atashadi. Hatto, yil davomida quyosh nuri tushmayligan joylarda ham yaxshi rivojlanadi. Agar quyosh nurlari to`g`ridan-to`g`ri tushadigan tokchaga qo`ysangiz, barglari sarg`aya boshladi. O`simlikni haftada bir marta sug`orib turish maqsadga muvofiq.
Spatifillum
Idorangizning ko`rkiga ko`rk qo`shuvchi bu gulni imkon qadar derazaga yaqinroq erga joylashtiring. Chunki gullash arafasida unga ko`proq quyosh nurlari talab etiladi.
Monstera
Bu katta tropik o`simlik ofisingizning uzoq burchagida 2 metrgacha o`sishi mumkin. Biroq sinib qolmasligi uchun qattiqroq tirgak tirab qo`yishni unutmang.