1

Fojiaviy o`lim topgan mashhur insonlar (Foto)

Dunyo 10.01.2017, 12:25
Teglar: Fojia
Fojiaviy o`lim topgan mashhur insonlar (Foto)

2016 yilda yosh aktyor Anton Elchin fojiali tarzda halok bo`ldi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri. 

Uni Jeep Grand Cherokee  avtomobili bosib ketdi. Qo`l tormozi tortilmagan avtomobil tepalikdan pastga yurib, aktyorni g`isht taxlamiga olib borib urdi. Dunyoga mashhur insonlarning juda ko`pchiligi unga qadar ham shu yo`sinda fojiali halok bo`lgan edi. Quyida sizni ular bilan tanishtiramiz.


Aleksey Venesianov (1780-1847) rassom, 67 yoshda ot tizginiga o`ralib, o`lgan. 1847 yilning 4 dekabr kuni Venisianov Tver cherkovlaridan biri uchun chizgan ikona chizmasini ko`rsatish uchun olib ketayotganda, u o`tirgan ot arava tepalikdan pastga qulagan, aravakash sakrab, tirik qolgan, ammo Venesianov ot tizginiga o`ralib, halok bo`lgan. Otlar uning murdasini sudrab,  Poddubedagi Milyukovlar er-mulkiga borgan. Aksariyat odamlar buni baxtsiz hodisa emas, balki qasddan sodir etilgan jinoyat, deb qabul qilgan.


Ernest Shosson, fransuz bastakori (1855-1899). 44 yoshda velosipedda devorga urilib, halok bo`lgan.1899 yilning 10 iyunida Shosson o`ziga tegishli er-mulkda tepalikdan velosipedda tushayotganda boshqaruvni yo`qotib, g`ishtin devorga boshi bilan urilgan va umurtqa pog`onasini sindirish oqibatida halok bo`lgan.

Per Kyuri, fransuz fizigi (1859-1906). 46 yoshda arava tagida qolib, halok bo`lgan. 1906 yilning 19 aprel kuni Parijda yo`lni kesib o`tayotgan Kyuri sirg`anib ketib yiqiladi va ro`paradan kelayotgan ot aravaning tagida qoladi. Arava uning boshini bosib ketadi.

Verona Bochchoni, italiyalik rassom va haykaltarosh, futurist (1882-1916). 33 yoshda otdan yiqilib halok bo`lgan. 1916 yilning 17 avgust kuni artilleriya polki safiga xizmatga chaqirilgan Bochchoni mashq paytida otdan yiqilib, halok bo`ladi.

Antonio Gaudi, ispan arxitektori (1852-1926). 73 yoshda insonlarning shafqatsizligi tufayli vafot etgan. 1926 yilning 7 iyun kuni Barselonada keksa Gaudini tramvay urib ketadi va u hushidan ketadi. Izvoshchilar yonida puli, hujjati bo`lmagan noma`lum qariyani kasalxonaga eltishdan bosh tortadi. Keyinchalik uni kambag`allarga mo`ljallangan eng yomon kasalxonaga olib borishadi. Bu erda unga kerakli muolaja qilinmaydi. Gaudining shaxsi aniqlanib, boshqa kasalxonaga olib borilganda esa kech bo`ladi. 1926 yilning 10 iyun kuni Gaudi vafot etadi.

Aysedora Dunkan, amerikalik raqqosa (1877-1927). 50 yoshda sharfiga o`ralib, halok bo`lgan. 1927 yilning 14 sentyabrida Nissada shaxsiy avtomobilida sayr qilayotgan Dunkan bo`ynidagi uzun sharfning avtomobil o`qiga o`ralib qolishi oqibatida halok bo`lgan.

Tomas Edvard Lourens, britaniyalik zobit, sayohatchi va diplomat, Lourens Araviyskiy nomi bilan mashhur (1888-1935). 46 yoshda motosikldan yiqilib, halok bo`lgan. 1935 yilning 13 may kuni Mortonda motosiklda ketayotgan  Lourens velosipedchilarni quvib o`tayotganda, boshqaruvni yo`qotib, yo`lga qulagan. Oqibatda bosh-miya jarohati tufayli halok bo`lgan.

Aleksandr Vampilov, rossiyalik yozuvchi (1937-1972). 34 yoshda qayiq ag`darilishi oqibatida halok bo`lgan. 1972 yilning 17 avgust kuni Vampilov Baykal ko`lida qayiq ag`darilishi oqibatida qirg`oqqacha suzib kelolmay, qattiq sovqotishdan halok bo`lgan. Guvohlarning ma`lumot berishicha, engil qayiq og`ir motorni ko`trolmay, katta to`lqin natijasida ag`darilib ketgan.

Brendon Li, amerikalik aktyor, mashhur aktyor Bryus Lining o`g`li (1965-1993). 28 yoshda s`yomka maydonchasida o`qi yo`q deb hisoblangan to`pponchadan otib o`ldirilgan. 1993 yilning 31 mart kuni Shimoliy Karolinada suratga olinayotgan “Qarg`a” filmining final qismida 44 kalibrli to`pponchadan otib o`ldirilgan. 

Xosino Mitio, yaponiyalik fotosuratchi, asosan yovvoyi tabiatni suratga olgan (1952-1996). 43 yoshda ayiq hujumidan halok bo`lgan. 1996 yilning avgust oyida Mitio ayiqlarni suratga olish uchun Kamchatkaga kelgan. 8 avgust kuni chodirda uxlayotganda ayiq hujum qilib, o`ldirgan va tanasining ma`lum qismini egan.

Stiv Irvin, avstraliyalik tabiatshunos va telejurnalist (1962-2006). 42 yoshda skat balig`ining hujumidan halok bo`lgan. 2006 yilning 4 sentyabr kuni suv ostida timsohlarni suratga olish jarayonida skat balig`i dumi bilan uning yuragiga urgan.

Devid Kerradayn, amerikalik aktyor (1936-2009). 72 yoshda bo`g`ilib, o`lgan. 2009 yilning 4 iyun kuni bo`yniga arqon o`ralgan holda shkafdan topilgan. Ekspert-kriminalistlar buni baxtsiz hodisa, deb xulosa qilgan. Aktyorning rafiqasi Marina Anderson esa ularning fikriga qo`shilmay, buni qotillik, deb atagan.

Sharhlar

To`yda 63 kishi qurbon bo`ldi

18.08.2019, 17:19

17 avgust kuni Afg`oniston poytaxtida bo`lib o`tgan to`y fojeali yakunldandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti mahalliy telekanalga asosan.Portlash 17 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat...
​Peru poytaxtida sayyohlar mingan avtobus halokatga uchrab, 9 kishi halok bo`ldi

10.07.2017, 14:57

Peru poytaxtida sayyohlar mingan avtobus avtohalokatga uchrab, 9 kishi halok bo`ldi, 25 kishi tan jarohati oldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri. Sayyohlar mingan ikki qavatli...
​Hindistonda yashin urishi oqibatida 26 kishi halok bo`ldi

10.07.2017, 12:37

Hindiston shimolida joylashgan Bixar shtatida yashin urishi oqibatida 26 kishi halok bo`ldi.Ma`lumotlarga ko`ra, halok bo`lganlar orasida ayollar va bolalar bor. 10 dan ortiq kishi jabrlandi.Hindistonda...
​XITOYDA KUChLI YoG`INGARChILIK TUFAYLI UYLARNI SUV YuVIB KETDI

10.07.2017, 11:54

Tibetda kuchli yog`ingarchilik oqibatida besh qavatli uyni suv yuvib ketdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.Ijtimoiy tarmoqlarda Tibetdagi besh qavatli uyni suv toshqini yuvib ketganligi aks...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1