AsosiyDunyo

OAV: Tramp kuyovi Jared Kushnerni bosh maslahatchisi etib tayinlamoqchi

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp o`z kuyovi 35 yoshli Jared Kushnerga Oq uyning bosh maslahatchilaridan biri bo`lishni taklif etdi. Bu haqda BBC Russian xabar bermoqda. 

Kushner prezidentning qizi Ivanka Tramp bilan turmush qurgan.

U Trampning saylovoldi kampaniyasida faol ishtirok etgan. Agar Kushner qaynotasining taklifini qabul qilgudek bo`lsa, u Oq uyda ichki va tashqi siyosat masalalari bilan shug`ullanadi.

Qaynotasi kabi davlat boshqaruvida tajribaga ega bo`lmagan Kushnerning davlat maslahatchisi etib tayinlanishi OAVda ayrim munozara va bahslarga sabab bo`lmoqda. 

Ayrimlar Trampning bu qarori tanish-bilishchilikni taqiqlaydigan qonunni buzishi haqida gapirmoqda.

Amerikalik tadbirkor Jared Kushner 25 yoshida New York Observer gazetasini sotib olgan. Trampning saylovoldi kampaniyasi paytida u internet-strategiyalar bilan shug`ullangan edi.

Boshqa yangiliklar