1

Karlush Keyrush Eron terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida qoladi

Sport 10.01.2017, 17:19
Karlush Keyrush Eron terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida qoladi

Eron futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Taj mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrushning iste`foga chiqish arizasi rad etilgani va u o`z lavozimida qolishini ma`lum qildi.

O`FF matbuot xizmatining xabar berishicha, Maxsus tashkil etilgan matbuot anjumanida Eron futbol federasiyasi rahbari Karlush Keyrushning mamlakat termasidagi muvaffaqiyatlari, xususan, Osiyo mamlakatlari o`rtasida Eron bir necha yildan buyon FIFA reytingida etakchilik qilayotgani ta`kidladi. Bundan tashqari,  Mehdi Taj Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasida Eron klublari uchun 4 ta kvotani saqlab qolish muhim ekanini aytdi.

Matbuot anjumani davomida Eron futbol federasiyasi rahbari terma jamoa va klublar o`rtasidagi muammolar amaldagi reglamentga muvofiq o`zaro hurmat orqali bartaraf etilishi kerakligini ta`kidladi.  

Eslatib o`tamiz, 63 yoshli mutaxassis 8 yanvar kuni Eron futbol federasiyasi bilan yuzaga kelgan o`zaro ziddiyat va kelishmovchiliklardan so`ng milliy terma jamoadan ketish haqida ariza yozgandi.

Qayd etish joiz, Eron hamda O`zbekiston futbol federasiyalarining o`zaro kelishuviga ko`ra, JCh–2018 turniriga saralashning uchinchi bosqichi 8-turi doirasidagi Eron – O`zbekiston uchrashuvi 2017 yilning 13 iyun kunidan 12 iyun sanasiga ko`chirilgan edi.

Ma`lumot uchun, JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin Eron 11 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikkinchi, O`zbekiston 9 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1