1

"Neftchi" Muzaffar Muzaffarov va Akram Baxriddinov bilan shartnoma tuzdi

Sport 10.01.2017, 17:38
"Neftchi" Muzaffar Muzaffarov va Akram Baxriddinov bilan shartnoma tuzdi

O`tgan mavsumni Jizzaxning “So`g`diyona” klubi tarkibida o`tkazgan Muzaffar Muzaffarov “Neftchi” jamoasi bilan ikki yillik kelishuvga erishdi. Aytish kerakki, 2014-yilgi mavsumda Muzaffar “Neftchi” yoshlar jamoasida faoliyat olib borgan va asosiy tarkibda ham debyut qilishga erishgan.

Shuningdek, Oliy liga-2016da o`zining yorqin o`yinlari va gollari bilan “Navbahor” jamoasida porlagan  Akram Baxriddinov joriy mavsumdan boshlab “Neftchi” jamoasining sharafini himoya qiladi. “Paxtakor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi bilan ham ikki yillik bitimga imzo chekildi.

Aytish kerakki, xar ikkala futbolchi ham bosh murabbiy Andrey Fyodorovning taklifi bilan jamoa safiga qo`shildi. Boshqa klublardan farqli o`laroq “Neftchi” jamoasi yangi o`yinchilari bilan uzoq muddatli shartnoma tuzdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1