Londonning "Arsenal" jamoasi hujumchisi Aleksis Sanches muxlislar tomonidan dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O`tkazilgan so`rovnomada chililik futbolchi 80,4 foiz ovoz to`pladi hamda Mesut O`zil (7,1%) va Aleks Ivobini (6,5%) ortda qoldirdi.
Eslatib o`tamiz, hujumchi sentyabr va noyabr oylarida ham shunday e`tirofga sazovor bo`lgandi.





