1

Ronaldu Messidan arazladi

Sport 11.01.2017, 14:46
Ronaldu Messidan arazladi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisining taqdirlash marosimida "Barselona" futbolchilari ishtirok etmagani haqida fikr bildirdi.

"Messi meni tabriklab, SMS yo`lladimi? Hazillashyapsizmi? Menda uning telefon raqami yo`q.  Men uni o`z vaqtida tabriklaganman. Ammo taqdimotga kelmasang, tabriklash ham mumkin bo`lmaydi. U "Oltin to`p" olganida tabriklaganman, ammo u bu safar kelmadi.

Men taqdimotda nafaqat Messi, balki "Barselona"ning barcha futbolchilari bo`lishini istagan bo`lardim. Ular chorshanba kuni muhim o`yinda maydonga tushishi kerakligini tushunib turibman. Ammo baribir taqdimotga kelishlarini istagan bo`lardim. Shaxsan o`zim har doim klub talab qilgan ishni bajaraman.

Masalan, men "Oltin to`p"ning barcha marosimlarida ishtirok etganman. Agar kelasi yillarda faqat nomzodim qo`yilgan taqdirda ham, baribir kelaman", - deydi Ronaldu.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1