1

Angliya Liga Kubogi. “Liverpul” kutilmaganda “Sautgempton”ga mag`lub bo`ldi

Sport 12.01.2017, 09:30
Angliya Liga Kubogi. “Liverpul” kutilmaganda “Sautgempton”ga mag`lub bo`ldi

Angliya Liga Kubogi ikkinchi yarim final ilk uchrashuvida “Sautgempton” va “Liverpul” jamoalari o`zaro bahs olib borishdi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida “avliyolar” vakili Neytan Redmond tomonidan kiritilgan gol o`yinda yagonaligicha qoldi. Ushbu yarim finalning javob uchrashuvi 25 yanvarda «Enfild» stadionida bo`lib o`tadi.

Birinchi yarim final ilk o`yinida “Manchester Yunayted” jamoasi o`z maydonida “Xall Siti” futbolchirini 2:0 hisobida mag`lub qilgandi.

Angliya Liga Kubogi. 1/2 final dastlabki uchrashuvi

 “Sautgempton” – “Liverpul” 1:0

Gol: 1:0 – 20 Redmond.

“Sautgempton” – Forster, Yosida, Bertran, Soaresh, van Deyk, Tadich, Klasi (Xeyberg, 73), Redmond, Devis (Uord-Prouz, 82), Rodriges (Long, 82), Romeu.

“Liverpul” – Karius, Klavan, Lovren, Klayn, Milner, Veynaldum (Koutino, 61), Jan, Lallana, Leyva, Firmino (Origi, 83), Starrij.

Ogohlantirishlar: Tadich (65), Rodriges (81).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1