1

Luis Suares “Barselona” uchun urgan gollari sonini 100 taga etkazdi

Sport 12.01.2017, 10:39
Luis Suares “Barselona” uchun urgan gollari sonini 100 taga etkazdi

“Barselona” jamoasi hujumchisi Luis Suares “Atletik Bilbao“ga qarshi (3:1) Ispaniya Kubogi nimchorak final javob o`yinida klubning uchta golidan bittasiga mualliflik qildi.

Shu tariqa, urugvaylik futbolchi kataloniyaliklar uchun o`zining 100-golini kiritishga erishdi. U 100 ta goldan 78 tasini o`ng oyog`ida, 18 tasini chap oyog`ida kiritgan bo`lsa, yana 11 ta gol bosh bilan kiritilgan.

Joriy mavsumda Suares Ispaniya chempionatining 16 ta o`yinida maydonga tushib, 12 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1