1

Neymar nega 1023 daqiqa davomida gol urolmadi?

Sport 12.01.2017, 11:16
Neymar nega 1023 daqiqa davomida gol urolmadi?

Futbol statistikasi bilan shug`ullanadigan mutaxassislar Braziliya terma jamoasi va "Barselona"ning superhujumchisi Neymarning cho`zilib ketgan golsiz seriyasiga e`tibor qaratishdi, deb yozadi Sports.uz nashri. 

Neymar 2013-2014 yilgi mavsumda 41 ta rasmiy uchrashuvda 15 ta gol urib, 15 marta golli pas uzatgan edi. Keyingi mavsumda braziliyalik hujumchi 51 o`yinda 39 ta gol urdi va 11 ta samarali to`p oshirdi. O`tgan yilgi mavsumning 49 ta uchrashuvida qatnashgan Neymar 31 ta golga va 27 ta golli pasga mualliflik qildi. Mutaxassislar buni ajoyib ko`rsatkich deb baholamoqda.

Yangi mavsumni Neymarning foydasiga yozib bo`lmaydi. Superfutbolchining o`yini qovushmayapti. Statistik ko`rsatkichlar ham shundan dalolat bermoqda. Bu mavsum barcha turnirlarda 20 ta rasmiy o`yin o`tkazgan Neymar atigi to`rtta gol urdi. Golli paslar borasida vaziyat ancha yaxshi - 14 samarali pas.

Lekin Neymarning golsiz seriyasi 1000 daqiqadan oshib ketdi. Neymar "Brselona" uchun so`nggi golini o`tgan yilning 10 oktyabr kuni Evropa chempionlar ligasida "Manchester Siti"ga urgan edi. Ispaniya chempionatida esa oxirgi marta 2 oktyabr kuni "Selta" darvozasini ishg`ol qilgan.

Mutaxassislar Neymarning gol urolmayotgani sababini futboldan tashqaridagi hayotiga bog`lashayotgan edi. Biroq, Neymar o`zi uchun yoqimsiz bo`lgan golsiz seriyaga barham berishga muvaffaq bo`ldi. Tunda o`tkazilgan Ispaniya Kubogi nimchorak final javob o`yinida "Barselona" jamoasi o`z maydonida "Atletik" futbolchilarini 3:1 hisobida engdi. Gollardan ikkinchisini 48-daqiqada Neymar penaltidan kiritdi. Shu tariqa braziliyalik futbolchining golsiz seriyasi 1023 daqiqada o`z poyogina etdi. Bu yog`iga to`purarning yo`li ochilib ketsa kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1