Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) terma jamoalarining yangi reyting jadvalini e`lon qildi. Unga ko`ra, O`zbekiston milliy terma jamoasi 568 ochko bilan 61-o`ringa ko`tarildi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu avvalgi ko`rsatkichga nisbatan 1 pog`ona yuqoriroq. O`zbekiston Osiyo Futbol konfederasiyasi (OFK)ga a`zo terma jamoalar orasida 6-o`rinda qoldi. Osiyoda 816 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qolgan Eron dunyoda 29-o`rinda bormoqda. Janubiy Koreya 699 ochko bilan qit`ada 2-pog`onada, jahon reytingida esa 37-o`rinda bormoqda.
Avstraliya (649 ochko) bir yo`la 3 pog`onaga ko`tarilib, dunyoda 44-o`rinni, Osiyoda 3-pog`onani egalladi. Yaponiya (46-o`rin) va Saudiya Arabistoni (48-o`rin) Osiyo qit`asida mos ravishda 4–5 o`rinlarni egalladi.
JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichida O`zbekiston bilan bir guruhdan o`rin olgan Xitoy avvalgiga nisbatan 1 pog`ona, Qatar esa 2 pog`ona yuqoriladi. Suriya o`z o`rnida qolgan.
Xitoy — 81-o`rin (424 ochko);
Qatar — 85-o`rin (416 ochko);
Suriya — 96-o`rin (355)
FIFA reytingida hamon Argentina (1634 ochko) etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o`rinni Braziliya (1544 ochko) egallab turgan bo`lsa, uchinchi o`rindan Germaniya (1433 ochko) joy olgan.