O`zbekiston chempioni va mamlakat Kubogi sohibi “Lokomotiv” jamoasi yangi mavsumga hozirlikni BAAning Dubay shahrida davom ettirmoqda.
“Temiryo`lchilar” jamoasi ilk mavsumoldi xorij yig`ini doirasida 2 ta sinov-nazorat bahsi o`tkazishni rejalashtirgan. "Lokomotiv" matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoaga dastlab Saudiya Arabistonining “Al-Qodisiya” raqiblik qilsa, ikkinchi o`rtoqlik uchrashuvi Rossiyaning “Zenit” klubiga qarshi bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan.
Arab jamoasi bilan o`yin 16 yanvarda tashkil etiladi. “Zenit”ga qarshi uchrashuv bo`lsa 20 yanvar sanasida o`tkazilishi belgilangan. Ta`kidlab o`tamiz, “Lokomotiv”ning mazkur o`quv-mashg`ulot yig`ini 21 yanvarga qadar davom etadi.