AsosiyDunyo

Barak Obama prezidentligi davridagi eng og`ir kun haqida gapirdi

Barak Obama Oq uyni tark etishidan oldin NBC telekanaliga intervyu berib, prezidentligidagi eng og`ir kun haqida gapirdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. 

Obamaning aytishicha, 2012 yilning 14 dekabrida “Sendi-Xuk” boshlang`ich maktabida 20 yoshli jinoyatchining bolalarga qarata o`q uzgani uning prezidentlik davridagi eng og`ir kun bo`lgan.

“O`zi o`qiydigan maktabda 20 nafar begunoh go`dakning vahshiylarcha o`ldirilishi men uchun juda fojiali, hayotimdagi eng og`ir kun bo`lgan. Aynan shu kuni shaxsiy qo`riqchilarimning ham ko`ziga ilk marotaba yosh to`lganini ko`rdim”.  
 
O`sha kuni 27 kishi fojia qurboniga aylangan edi. Qotil bolalardan tashqari o`z onasini va maktabda bo`lgan 6 nafar odamni ham o`ldirgan. Shundan keyin o`z joniga qasd qilgan.

Boshqa yangiliklar