1

“Lokomotiv” Server Jeparov Eron klublaridan biriga o`tganini tasdiqladi

Sport 14.01.2017, 15:19
“Lokomotiv” Server Jeparov Eron klublaridan biriga o`tganini tasdiqladi

2016 yilgi mavsumda “Lokomotiv”ning muvaffaqiyatli o`yin namoyish etib, O`zbekiston chempioni bo`lishiga va mamlakat kubogini qo`lga kiritishiga ulkan xissa qo`shgan yarim himoyachi Server Jeparov endi faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi.

Osiyoning eng mashhur yarim himoyachilaridan biri sanaladigan Server Jeparovga Eron jamoalaridan biri taklif bilan chiqdi va milliy terma jamoamiz a`zosi mazkur taklifni qabul qildi. Shu tariqa, Server “Lokomotiv”ni tark etadigan bo`ldi.

Ta`kidlash joizki, Server Jeparov ortda qolgan 2016 yilgi mavsumda jamoamizning chin ma`nodagi etakchilaridan biriga aylana oldi va “Loko”ning xalqaro va ichki maydonda muvaffaqiyat qozonishiga o`zining salmoqli xissasini qo`sha oldi. U barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuv o`tkazdi va 8 marta raqiblari darvozasini ishg`ol etishga erishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1