1

JCh–2018 saralashidagi raqib – Xitoy termasi Xorvatiyani mag`lubiyatga uchratdi

Sport 14.01.2017, 20:21
JCh–2018 saralashidagi raqib – Xitoy termasi Xorvatiyani mag`lubiyatga uchratdi

O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 saralashidagi raqibi Xitoy termasi o`zi mezbonlik qilayotgan China Cup–2017 xalqaro o`rtoqlik turnirining uchinchi o`rin uchun bahsida Xorvatiyaga qarshi bahs olib bordi.

O`yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Musobaqa norasmiy bo`lgani uchun qo`shimcha vaqt bo`lmadi va jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qildi. Unda Xitoy termasi 4:3 hisobida ustun keldi.

Eslatib o`tamiz, Xitoy termasi musobaqadagi ilk o`yinida Islandiyaga qarshi bahs yuritib, 0:2 hisobida mag`lubiyata uchragan edi.

China Cup–2017 xalqaro o`rtoqlik turnirining bosh sovrini uchun Chili va Islandiya terma jamoalari o`zaro bellashadi. O`yin 15 yanvar kuniga belgilangan. 

JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin Xitoy terma jamoasi 2 ochko bilan so`nggi – 6-o`rinni egallab turibdi. O`zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan 3-pog`onada bormoqda. Hisobida 11 ochko bo`lgan Eron guruhda peshqadamlik qilayotgan bo`lsa, Janubiy Koreya 10 ochko bilan 2-o`rindan joy olgan.

China Cup–2017 xalqaro o`rtoqlik turniri

Xitoy – Xorvatiya 1:1

Gollar: Jingbin Vang (89) – Luka Ivanushech (36)

Penaltilar seriyasi: 4:3

Xitoy: Syaotian Shi, Shuay Pei, Syaodong Fan, Shanping Yang (J. Vang, 65), JunyiGao (G. Feng, 46), Xuikang Chai (R. Xu, 46), Xongbo Yin, Xanven Deng, Jonguo Chi, Min Chuy, Jiakang Xui (Jingbin Vang, 76).

Xorvatiya: Andrey Prshkalo, Borna Barishich, Toni Datkovich, Domagoy Antolich (A.Peroshevich, 65), Mirko Marich (F.Andriyesavich, 46), Yakov Filipovich, Luka Ivanushech (N.Matas, 80), Yosip Mitich, Fran Tudor (M.Situm, 68), Yosip Yuranovich, Yosip Pivarich. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1