1

La Liga. “Barselona” yirik hisobda “Las-Palmas”dan ustun keldi

Sport 14.01.2017, 23:12
La Liga. “Barselona” yirik hisobda “Las-Palmas”dan ustun keldi

Ispaniya chempionati 18-turida “Barselona” o`z maydonida “Las-Palmas” futbolchilarini qabul qilib, 5:0 hisobida zafar quchdi.

Kataloniyaliklarning yirik g`alabasiga Luis Suares dubli bilan, Lionel Messi, Arda Turan va Aleish Vidal esa bittadan goli bilan hissa qo`shdi. Ushbu g`alabadan keyin "Barselona" ochkolari hisobini 38 taga etkazib, ikkinchi o`ringa chiqib oldi.

“Barselona” – “Las-Palmas” 5:0

Gollar: 1:0 – 14 Suares, 2:0 – 52 Messi, 3:0 – 57 Suares, 4:0 – 59 Turan, 5:0 – 80 Aleish Vidal.

“Barselona – ter Stegen, Aleish Vidal, Umtiti, Alba, Andre Gomesh (Rakitich, 62), Maskerano, Rafinya, Buskets (Mate, 73), Turan, Messi, Suares (Pako Alkaser, 68).

“Las-Palmas – Varas, Lemos, Elder Lopesh, Masedo, Garsiya Santana (Artiles, 34), Boateng, Viera, El-Jar (Livaya, 74), Gomes (Garsiya, 62), Dominges, Mesa.

Ogohlantirishlar: Mesa (2), Rafinya (25), Maskerano (29), Andre Gomesh (32), Elder Lopesh (41), Boateng (55), Livaya (77).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1