1

Eron terma jamoasi ustozi Karlush Keyrushning iste`fosi rad etilishi yuzasidan rasmiy bayonoti

Sport 15.01.2017, 11:37
Eron terma jamoasi ustozi Karlush Keyrushning iste`fosi rad etilishi yuzasidan rasmiy bayonoti

O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichidagi raqibi – Eron termasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida iste`fosi rad etilganidan so`ng rasmiy bayonot matnini e`lon qildi.

63 yoshli mutaxassis  Eron futbol federasiyasi (EFF) bilan yuzaga kelgan o`zaro ziddiyat va kelishmovchiliklardan so`ng milliy terma jamoadan ketish haqida ariza yozgandi. Keyinroq EFF prezidenti Mehdi Taj Keyrushning iste`foga chiqish arizasini rad etgani haqida ma`lum qilingandi.

Quyida Karlush Keyrushning rasmiy bayonoti matni keltirilgan.

“Iste`foga chiqish haqida ariza yozganimdan so`ng quyidagi bayonotni e`lon qilmoqchiman:

1. Dubaydagi yig`in davomida Eron termasi bilan yuzaga kelgan ziddiyatlardan so`ng 6 yanvar kuni EFF prezidentiga tovon pulini talab qilmagan holda iste`foga chiqish haqida xat yozdim.

2. Ushbu qaror EFF prezidenti Mehdi Taj roziligi bilan muhokama qilindi.  EFF prezidenti Branko Ivankovich (“Persepolis” ustozi) qarshiligi va boshqa sabablarga ko`ra JCh–2018 uchinchi saralash bosqichiga tasdiqlangan tayyorgarlik rejasini amalga oshirish uchun sharoiti va vakolati yo`q ekanini aytdi.

3. Tayyorgarlik rejasi va rivojlanish uchun sharoit yo`qligi sababli men Eron termasining kelajagi va Jahon chempionatiga chiqish borasidagi muammolari haqida professional munosabatimni bildirdim.

4. Iste`fo haqida azirani taqdim etganimdan so`ng, EFFdan rasmiy rad javobini oldim.

5. EFF rahbariyati va prezidentining mazkur qarori mening professional mahoratim, Eron termasiga bo`lgan sadoqatim isboti deb tushundim. Ushbu lavozimda qolish menga qo`shimcha mas`uliyat yuklaydi.

6. Biroq, shuni aniq ma`lum qilmoqchiman-ki, Branko Ivankovich va boshqa sport agentlarining doimiy qarshiligi tufayli Eron termasini saralash bosqichida peshqadam qilgan hamda mamlakat futboli nufuzini oshirgan tayyorgarlik rejasi yakuniga etdi.

7. JCh–2018 turniri final bosqichiga yo`l olish uchun harakat qilayotgan boshqa raqiblardan farqli o`laroq, bundan buyog`iga Eron terma jamoasining tayyorgarlik imkoniyatlari cheklangan bo`ladi va faqat FIFA kunlarida, standartlar va qoidalarga muvofiq o`yin o`tkazadi.   

8. FIFA tomonidan cheklangan tayyorgarlik rejasini qo`llab-quvvatlamayman va bu Eron termasining saralash bosqichidan o`tishiga salbiy ta`sir o`tkazishiga ishonaman.

9. Yakunda bir narsani aniq qilib aytmoqchiman: yangi tayyorgarlik rejasi bir tomonlama qaror bo`lib, EFF rahbariyati va prezidenti uni qabul qildi hamda butun mas`uliyatni o`z zimmasiga oldi” – deyiladi Karlush Keyrugning bayonotida.  

Ma`lumot uchun, JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin Eron 11 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikkinchi, O`zbekiston 9 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1