1

Rasman: Server Jeparov Eronning “Istiqlol” klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi

Sport 15.01.2017, 14:25
Rasman: Server Jeparov Eronning “Istiqlol” klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi

O`zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov Eronning “Istiqlol” futbol klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda

35 yoshli yarim himoyachi  Tehron sharafini himoya qiluvchi “Istiqlol”ning tibbiy ko`rigidan muvaffaqiyatli o`tdi va klub bilan 500 ming AQSh dollariga teng 1,5 yillik shartnoma imzoladi.

Server Jeparov yangi klubida faol ishtirok etib, samarali natija ko`rsata olsa, mukofot puli ko`rinishidagi qo`shimcha bonuslarga ega bo`ladi.

Eron Pro Ligasi vakili “Istiqlol” 2015/16 yilgi mavsumda chempionatni 3-o`rinda tugatgan edi. Joriy mavsumda  jamoa 16-turdan keyin 25 ochko bilan 16 ta jamoa orasida 5-pog`onani egallab turibdi.

2008 va 2011 yillarda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Server Jeparovning so`nggi klubi Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bo`lgandi. U 2016 yilgi mavsumda “temiryo`lchilar”ning barcha musobaqalarida 34 o`yinda maydonga tushib,  8 ta gol kiritdi va “Lokomotiv”ning tarixda ilk bor O`zbekiston chempioni bo`lishiga hamda mamlakat Kubogi sohibiga aylanishiga hissa qo`shdi.

Server Jeparov professional faoliyati davomida quyidagi klublarda to`p surgan:

“Navbahor” — 2000–2001

“Paxtakor” — 2001–2007

“Bunyodkor” — 2007–2010

“Seul” (Janubiy Koreya) — 2010 (ijara)

“Seul” (Janubiy Koreya) — 2011

“Ash-Shabob” (Saudiya Arabistoni) — 2011–2013

“Seongnam” (Janubiy Koreya) — 2013–2014

“Ulsan Xyondai” (Janubiy Koreya) — 2015

“Lokomotiv” Toshkent — 2016

Ma`lumot uchun, Jeparov “Seul” klubi bilan Janubiy Koreya (2010) chempionligi va Kubogi (2010), “Ash-Shabob” (2012) bilan Saudiya Arabistoni chempionligini qo`lga kiritgan. Shuningdek, u Toshkentning uch klubi — “Paxtakor” (2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007), “Bunyodkor” (2008, 2009) va “Lokomotiv” (2016) safida O`zbekiston chempioni bo`lishga erishgan.

O`zbekistonlik yarim himoyachi 2008 yilda O`zbekiston chempionati to`purari, 2008 va 2010 yillarda O`zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo`lgandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1