Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida erkin va yunon-rum kurashlari bo`yicha kadetlar o`rtasida an`anaviy xalqaro turnir bo`lib o`tdi. Unda 2000-2002 yillarda tug`ilgan o`smir sportchilar ishtirok etishdi. O`zbekiston terma jamoasi a`zolari musobaqada har ikkala yo`nalishda gilamga chiqishdi.
Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko`ra terma jamoamiz a`zolari jami 12ta medalga sazovor bo`lishdi. Shulardan 3 tasi oltin, 4 tasi kumush va 5 tasi bronza medallaridir.
Xalqaro turnirda g`olib va sovrindor bo`lgan vakillarimiz bilan tanishtirib o`tamiz.
Yunon-rum kurashi:
Laziz Toshkentboev (42 kg) 1 - o`rin;
Sharofiddin Ernazarov (100 kg) 1 - o`rin;
Akmal Akramov (54 kg) 2 - o`rin;
Ergali Ayximbaev (76 kg) 2 - o`rin;
Eldor Karimov (46 kg) 3 - o`rin;
Javohir Samatov (58 kg) 3 - o`rin;
Muhammadqodir Rasulov (63 kg) 3 - o`rin.
Erkin kurash:
Umid Jalolov (42 kg) 1 - o`rin;
Jamshid Ma`rufov (50 kg) 2 - o`rin;
Feruz Yakubov (58 kg) 2 - o`rin;
Arslon Rahimov (46 kg) 3 - o`rin;
Ixtiyor Normurodov (63 kg) 3 - o`rin.