1

Temurxo`ja Abduxoliqov Qatar chempionatiga yo`l oldi

Sport 16.01.2017, 21:15
Temurxo`ja Abduxoliqov Qatar chempionatiga yo`l oldi

O`zbekiston chempionatining 2016 yilgi mavsum to`purari, «Lokomotiv» klubi hujumchisi Temurxo`ja Abduxoliqov jamoamiz bilan xayrlashdi. U «temiryo`lchilar» safini tark etib, Qatarning «Al Sayliya» klubiga yo`l oldi.

Sir emas, «Lokomotiv»ning o`tgan mavsum O`zbekiston chempioni bo`lishida, O`zbekiston Kubogi qo`lga kiritilishida, shuningdek Osiyo chempionlar ligasida chorak finalga qadar etib borishida ko`pchilik qatori Temurxo`janing ham hissasi katta bo`ldi.

U o`tgan yil barcha rasmiy musobaqalarda jami 46 marta maydonga tushib, 31ta gol urishga muvaffaq bo`ldi. Xususan Abduxoliqov oliy ligada 22ta gol urgan bo`lsa, O`zbekiston Kubogida 6ta, Osiyo chempionlar ligasi bahslarida esa uch bor to`p kiritishga muvaffaq bo`ldi.

Endilikda mohir hujumchi jamoamizni tark etib, faoliyatini Qatarda davom ettiradigan bo`ldi. U «Al Sayliya» bilan bir yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. Ma`lumot uchun, ushbu klub Qatar oliy ligasida ishtirok etadi va hozircha turnir jadvalida 11-o`rinni egallab turibdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1