1

"Lokomotiv" o`rtoqlik o`yinida "Al-Qodisiya" bilan durang o`ynadi

Sport 16.01.2017, 21:25
"Lokomotiv" o`rtoqlik o`yinida "Al-Qodisiya" bilan durang o`ynadi

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Dubayda olib borayotgan «Lokomotiv» bugun dastlabki o`rtoqlik uchrashuvni o`tkazdi. «Temiryo`lchilar» The Sevens stadionida Saudiya Arabistonining «Al Qodisiya» klubiga qarshi bahs olib borishdi.

Qiziqarli kechgan bahsda hisob ochilmadi. Ammo shuni aytish lozim, o`yinda asosiy ustunlik «Loko» tomonida bo`ldi. Bu o`yinda murabbiylar uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan barcha futbolchilarni sinab ko`rishdi. «Lokomotiv» o`zining navbatdagi uchrashuvini 20 yanvar kuni Rossiyaning «Zenit» klubiga qarshi o`tkazadi.

16 yanvar. O`rtoqlik o`yini
LOKOMOTIV — AL QODISIYa 0:0

«Lokomotiv» tarkibi: Ignatiy Nesterov, Oleg Zoteev, Muhammad Kone, Islom To`xtaxo`jaev, Salim Mustafoev, Timur Kapadze, Sardor Mirzaev, Diyor Turopov, Axissan Junior, Marat Bikmaev, Gnoxere Krizo.

Zaxiradan tushganlar: Ma`mur Ikromov, Kaxi Maxaradze, Sherzod Fayziev, Shuhrat Muhammadiev, Timur Usmonov, Quvondiq Ro`ziev, Farrux Ibrohimov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1