AsosiySport

Italiya Kubogi. “Inter” qiyinchilik bilan “Bolonya”ni taslim qilib, chorak finalga chiqdi

Italiya Kubogi musobaqasining nimchorak finalida “Inter” o`z maydonida “Bolonya” futbolchilarini qabul qildi. 

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda milanliklar qo`shimcha taymda kiritilgan gol evaziga 3:2 hisobida muvaffaqiyat qozonishdi.

G`oliblar safida Murilo, Palasio va Kandreva gol kiritishdi. “Bolonya”dan Jemaili va Donsa javob gollarini kiritdi.  

"Inter" – "Bolonya" 3:2 (2:1, 0:1, 1:0)

Gollar: 1:0 – 33 Murilo, 2:0 – 39 Palasio, 2:1 – 43 Djemaili, 2:2 – 73 Donsa, 3:2 – 98 Kandreva.

"Inter" – Karriso, Ansaldi, D`Ambrozio, Murilo, Medel, Joau Mariu, Kondogbia, Galyardini, Palasio (Ikardi, 72), Eder (Brozovich, 94), Gabriel (Kandreva, 72).

"Bolonya" – Anjelo, Kraft, Masina, Mayetta, Ikonomu, Jemaili (Nad, 72), Donsa, Pulgar, Risso (Mune, 61), Destro (Okvonkvo, 79), Di Franchesko.

Ogohlantirishlar: Donsa (51), D`Ambrozio (63), Di Franchesko (102), Medel (105), Kandreva (109).

    Boshqa yangiliklar