“Barselona” jamoasi sobiq a`zosi braziliyalik Rivaldo “Kamp Nou” stadioniga tashrif buyurib, kataloniyaliklar rahbariyati bilan uchrashdi.
Xususan, Rivaldo “Barselona” prezidenti Xosep Mariya Bartomeu, vise-prezident Jordi Mestre va direktorlar kengashi a`o`olari Silvio Elias va Pua Vilanova bilan uchrashdi.
Ular klub brendi ommaviyligini oshirish uchun yo`naltirilgan “Barselona Afsonalari” loyihasi borasida muzokaralar o`tkazdi.
Eslatib o`tamiz, Rivaldo “Barselona” safida 1997–2002 yillarda to`p surgan hamda kataloniyaliklar bilan ikki karra Ispaniya chempioni, Evropa Superkubogi va Ispaniya Kubogi sohibi bo`lgan.