AsosiySport

Artur Gevorkyan va Nemanya Yanichich “Lokomotiv”ni tark etdi

2016 yilgi mavsumni Toshkentning “Lokomotiv” klubi safida o`tkazgan yarim himoyachi Artur Gevorkyan va himoyachi Nemanya Yanichich “temiryo`lchilar”ni tark etdi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qilmoqda

Har ikki futbolchining shartnoma muddati o`z nihoyasiga etgani bois klub murabbiylar shtabining qaroriga ko`ra shartnoma uzaytirilmadi. Natijada serbiyalik va turkmanistonlik legioner erkin agentga aylandi.

O`tgan mavsumda Artur Gevorkyan “temiryo`lchilar”ning 19 o`yinida maydonga tushib, 1 ta gol kiritgan. Serbiyalik himoyachi esa “Lokomotiv” tarkibida 22 uchrashuvda ishtirok etgandi.

“Lokomotiv” yangi mavsum oldidan jami 6 nafar futbolchi bilan xayrlashishga ulgurdi. Gevorkyan va Yanichichdan avval klubni Ivan Nagaev tark etgandi. Server Jeparov Eronning “Istiqlol” klubi bilan, Temurxo`ja Abduxoliqov va Sanjar Shoahmedov esa Qatarning “Al-Sayliya” jamoasi bilan shartnoma imzolagandi.  

O`z navbatida, “Lokomotiv” ikki nafar ivuarlik futbolchi — 19 yoshli hujumchi Gnoxere Krizo va 23 yoshli himoyachi Muhammad Kone bilan shartnoma imzoladi. 

    Boshqa yangiliklar