2017 yilning 20 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyga Tehron shahrida yuz bergan kuchli yong`in oqibatida ko`plab insonlarning halok bo`lgani munosabati bilan maktub yo`lladi.
Davlatimiz rahbari o`z maktubida samimiy ta`ziya izhor etib, qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik tuyg`ularini etkazishni so`radi hamda jarohat olganlarni qisqa muddatda sog`ayishini tiladi.





