AsosiyJamiyat

​Toshkentda media-haftalik yakunlariga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tadi

'​Toshkentda media-haftalik yakunlariga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tadi'ning rasmi

Bugun, 27 yanvar kuni poytaxtdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasining Billur zalida “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi” loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan yakuniy matbuot anjumani bo`lib o`tadi.

Tadbirda ekspertlar, jurnalistlar, davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari, diplomatik korpus vakillari ishtirok etadi.

Eslatib o`tamiz, Harakatlar strategiyasi loyihasiga bag`ishlangan media-haftalik 23 yanvardan 27 yanvarga qadar davom etmoqda. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi mamlakatimiz aholisini Harakatlar strategiyasi bilan tanishtirish, bu borada ularni qiziqtirayotgan savollarga javob qaytarish, mutaxasislar va keng jamoatchilik fikri, taklif, izohlarni o`rganishdan iborat.

Taqdimotlar, ochiq muhokamalar, fikrlar almashinuvi va munozaralar jarayonlarini tomoshabinlar “Mening Yurtim” va “Uzreport” telekanallari efirlarida tok-shou sifatida tomosha qilishlari mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar