1

​“Toshkent—Andijon” poezdlar qatnovi nega to`xtab qoldi? Qamchiqdagi temir yo`lda nima bo`lgan?

Jamiyat 27.01.2017, 11:05
Teglar: Rossiya, Toshkent, Qirg`iziston
​“Toshkent—Andijon” poezdlar qatnovi nega to`xtab qoldi? Qamchiqdagi temir yo`lda nima bo`lgan?

“Toshkent—Andijon—Toshkent” yo`nalishi bo`yicha poezdlar qatnovi 23 yanvardan to`xtab qoldi. Shu kundan e`tiboran ijtimoiy tarmoqlarda qor bosgan tog`li hududdagi ag`darilgan yuk vagonlari, sisternalarning suratlari aylanmoqda. Bu suratlar foydalanuvchilar tomonidan faol muhokama qilinmoqda, ayni vaqtda, asosli yoki asossizligi noma`lum bo`lgan turli mish-mishlarga sabab bo`lmoqda. Rasmiy manbalar («O`zbekiston temir yo`llari», Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqalar) hozircha bu mish-mishlarni na tag-tomiri bilan rad etyapti, na tasdiqlayapti.

“Daryo” nashri mazkur masala yuzasidan tahliliy maqola chop etdi.

«O`zbekiston temir yo`llari» kompaniyasi «tarqatilayotgan turli xil asossiz xabarlarga e`tibor qaratmaslikni so`rab», 23 yanvar kuni texnik-profilaktik ishlarni o`tkazish sabablariga ko`ra, «Toshkent—Andijon—Toshkent» yo`nalishida qatnovchi yo`lovchi poezdlarning qatnovi vaqtincha to`xtatilganini e`lon qildi. Kompaniyaning qisqa axborotida texnik-profilaktik ishlar qancha davom etishi, bu ishlar nima munosabati bilan o`tkazilayotgani haqida ma`lumot berilmagan. «O`zbekiston temir yo`llari» keyingi kunlar davomida ham «jarayon bo`yicha asossiz xabarlarga e`tibor qaratmaslik» imkonini beradigan axborot tarqatmadi.

«Toshkent—Andijon—Toshkent» yo`nalishi bo`yicha poezdlar qatnovi qayta tiklanganicha yo`q. Toshkent vokzali ma`lumotxonasidan olingan axborotga ko`ra, «hozircha Andijonga qatnovlar amalga oshirilmayapti». Qatnovlar qachondan qayta yo`lga qo`yilishi haqidagi savolga ma`lumotxona operatori shunday javob berdi: «Kelasi haftalarda xabar olib ko`ring». Yo`nalish bo`yicha qatnovlar qachon tiklanishi borasida temiryo`l kompaniyasi axborot xizmati mas`ullari bilan bog`lanishga urinish besamar yakunlandi.

Foto: “Kun.uz”

Ommabop ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarning O`zbekiston segmentida 23 yanvardan beri qor bosgan tog`li hududda ag`darilgan yuk vagonlari, sisternalarning ko`plab suratlari aylanmoqda. Foydalanuvchilarning yozishicha, bu suratlar «Toshkent — Andijon» temiryo`lining Qamchiq dovonidan o`tgan qismida olingan bo`lib, unda 23 yanvar kuni yuz bergan temiryo`l falokati oqibatlari aks etgan. Rasman tasdiqlanmagan ma`lumotlarga ko`ra, mazkur baxtsiz hodisa er ko`chkisi oqibatida yuz bergan.

Rossiya axborot agentligi 26 yanvar kuni O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV)ga asoslanib, Qamchiq dovoni hududida yuk poezdi sostavi relsdan chiqib ketgani haqida xabar berdi. FVVning ismi ko`rsatilmagan vakiliga asoslangan «RIA Novosti»ning ma`lum qilishicha, Farg`ona vodiysida 23 yanvar kuni yuz bergan zilzila oqibatida Qamchiq dovoni hududida ko`chki yuz bergan va yuk poezdi uning ostida qolgan, vagonlarning bir qismi ag`darilib ketgan. «Favqulodda holat natijasida qurbon bo`lganlar yo`q», — deydi agentlik suhbatdoshi. Ayni vaqtda, agentlik manbasi «O`zbekiston temir yo`llari» va FVV brigadalari tomonidan zararlangan temiryo`l bo`lagi qayta tiklanayotganini aytib o`tgan.

«Bizda bu haqda hech qanday rasmiy axborot yo`q», — dedi «Daryo»ning tezkor murojaatiga javoban O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati bosh mutaxassisi Bekzod Samandarov. Vazirlik matbuot xizmati vakili ijtimoiy tarmoqlar va bir qator mahalliy saytlarda e`lon qilingan suratlar, shuningdek, vazirlik vakili nomidan «RIA Novosti»da e`lon qilingan axborotdan xabardor ekani, biroq hozirda vazirlik matbuot xizmatida Qamchiqda yuz bergani taxmin qilinayotgan hodisa bo`yicha e`lon qilish mumkin bo`lgan hech qanday rasmiy axborot yo`qligini qayd etdi. «Bu borada rasmiy axborot bo`lishi bilan saytimizda e`lon qilamiz. Saytimizni kuzatib boring», — deya qo`shimcha qildi FVV matbuot xizmati vakili.

Mazkur maqola tayyorlanayotgan vaqtda FVV saytida e`lon qilingan eng so`nggi material Farg`ona vodiysida 23 yanvar kuni kuzatilgan erosti silkinishlari haqidagi xabarnoma edi. Episentri Qirg`izistonda bo`lgan zilzila Toshkent vaqti bilan 06:52 da qayd etilgan, uning seysmik faolligi Farg`ona shahrida 4 ball, Andijon shahrida 3 ball, Namangan shahrida 3 ball, Toshkent shahrida 1 ballni tashkil etgan. «Zilzila oqibatida jabrlanish va talofatlar kuzatilmadi», — deyiladi FVV matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarnomada.

«Angren — Pop» elektrlashtirilgan temiryo`l liniyasi orqali «Toshkent — Andijon» yo`nalishidagi birinchi yo`lovchi poezdi 2016 yil 27 avgust kuni harakatlangan, muntazam qatnovlar 5 sentyabrdan boshlangan edi. Qamchiq dovoni hududida qurilgan temiryo`l liniyasi orqali yuk poezdlarining o`tishi esa 2016 yil 11 iyulda boshlangan. Qamchiq dovonidan o`tgan temiryo`l tunneli bo`ylab harakatga esa 2016 yilning 22 iyun kuni O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov Xitoy rahbari Si Szinpin bilan birgalikda start bergan edi.

Sharhlar

Toshkentda ijara narxlari pasaydi(mi?)

22.04.2024, 15:52

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ma`lum qildi. 2024 yil mart oyida fevralga nisbatan poytaxtda o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar ijara...
Rossiya Eronga 24ta qiruvchi samolyot bermoqchi

21.04.2024, 17:45

Kelgusi haftada Rossiya Eronga 24 ta Su-35 qiruvchi samolyotini topshiradi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri ma`lum qilgandi. Eronning bir qator OAVlarining xabar berishicha, Rossiya...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1