AsosiySport

“Hokim Kubogi-2017”: “Neftchi”g`alaba va durang bilan boshladi

'“Hokim Kubogi-2017”: “Neftchi”g`alaba va durang bilan boshladi'ning rasmi

Farg`onaning “Neftchi” jamoasi “Hokim Kubogi-2017” turniridagi yurishini boshladi. Turnirda “Neftchi-2” nomi ostida ishtirok etayotgan Bahrom Haydarov boshchiligidagi yoshlarimiz ilk o`yinda “Yozyovon-Lochinlari” jamoasini 4:2 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

Mazkur o`yinda “Neftchi-2” safidan Xurshid Asqaraliev hamda Otabek Isroilovlar bittadan to`p kiritishgan bo`lsa zahiradan maydonga tushgan Rizo Ayvazov dubl qayd etdi. Zohid Ismoilov va Islom Nazirovlar yozyovonliklarning ikki to`piga egalik qilishdi, 4:2.

Kunning ikkinchi qismida yana bir o`yin bo`lib o`tdi. Unda asosiy tarkib futbolchilarimizdan jam bo`lgan “Neftchi-1” vakillari “Istiqlol”ga qarshi o`ynashdi. Qirgulidagi bahsni tomosha qilish uchun stadionga ko`plab muxlislar kelganini aytib o`tish mumkindir. Uchrashuv g`oyat qiziqarli va keskin raqobatga boy o`tdi. Farg`ona shahrining ikki jamoasi o`rtasidagi o`zi xos derbida kuchlar teng keldi. Birinchi bo`limda hisob ochilmadi. O`yindagi gollar ikkinchi 45 daqiqalikda kuzatildi. Dastlab zahiradan maydonga tushgan Javohir Rasulov hisobni ochgan bo`lsa keyinroq Abdulaziz Jo`raboev “Neftchi-1” darvozasiga gol kiritdi.

28 yanvar. 2017. Qirguli.

“Neftchi-1” – “Istiqlol” 1:1

Hakamlar: Temur To`xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov (barchasi Andijon shahridan)

Gollar: Javohir Rasulov – 1:0, Abdulaziz Jo`raboev – 1:1

“Neftchi”:Abdumavlon Abdujalilov, Furqat Hasanboev, Husniddin G`ofurov, Muhsin Ubaydullaev, Dilyor Irmatov, Umid Qodirov, Muzaffar Muzaffarov, Abdurahmon Abdulhaqov, Abbos Maxstaliev, Said Abdujabborov, Sherzod Hakimov.

Zaxira: Abdusattor Obidov, Sardor Qulmatov, Javohir Rasulov, Siroj Ro`zimetov, Abdujamol Isroilov, Damir Nizanov, Mo`ydin Mamazulumov.

“Istiqlol”:Alisher Faxriddinov, Aziz Madaliev, Bobur Aminjonov, Karim Madaliev,Isroil Muxtoraliev, Jamshid Xolimov, Rustam Abduhamidov, Davlat Yorbekov, Sharif Mirzaev, Xoshimjon Shokirov.

Zahira:Kazbek Ortiqboev,Alisher Fayzullaev, Abdulaziz Jo`raboev, Jamshid Abdujalilov,Doston Bobojonov, Faxriyor O`rinboev, Davron Qoraboev.

    Boshqa yangiliklar