AsosiySport

“Liverpul” Angliya Kubogini ham tark etdi

' “Liverpul” Angliya Kubogini ham tark etdi'ning rasmi

Angliya Kubogi 1/16 finalida “Liverpul” va “Vulverxempton” jamoalari o`zaro bahs olib borishdi. Unda mersisaydliklar 1:2 hisobida yutqazdi va musobaqa bilan xayrlashdi.

Uchrashuvning 1-daqiqasida Stirman hisobni ochdi. 41-daqiqaga kelib Vaymann hisobni oshirdi va jamoalar tanaffusga “bo`rilar”ning 2:0 hisobidagi ustunligi bilan chiqib ketdi.

Uchrashuv yauniga etib borayotganida, ya`ni, 86-daqiqasi Divok Origi burchakdan uzatilgan to`pni raqib darvozasiga kiritdi va hisobni qisqartirdi. Biroq bu o`yindagi so`nggi gol bo`ldi. Natijada Yurgen Klopp shogirdlari yana bir musobaqadan chiqib ketdi.

“Liverpul” – “Vulverxempton” 1:2

Gollar: 0:1 – 1 Stirman, 0:2 – 41 Vaymann, 1:2 – 86 Origi.

“Liverpul” – Karius, Gomes, Moreno, Rendell (Koutino, 46), Klavan, Edjaria (Djan, 74), Leyva, Veynaldum, Firmino (Starridj, 65), Vudbern, Origi.

“Vulverxempton” – Bergoyn, Xoz, Stirman, Doerti, Elder Koshta (Ronan, 67), Koudi, Edvards, Evans, Sevill, Vaymann (Meyson, 77), Diko (Bedvarsson, 71).

Ogohlantirishlar: Stirman (29), Xoz (48), Veynaldum (51).

    Boshqa yangiliklar