AsosiySport

Said Abdujabborov: Har bir farg`onalik futbolchi “Neftchi”da o`ynashni orzu qiladi

'Said Abdujabborov: Har bir farg`onalik futbolchi “Neftchi”da o`ynashni orzu qiladi'ning rasmi

Yangi mavsum avvalida “Neftchi” safiga kelib qo`shilgan Said Abdujabborov klub bilan rasman kelishuvga erishganidan so`ng jamoa rasmiy sayti uchun ilk intervyusini berib o`tdi.

Futbolchi “Neftchi”dagi orzu va maqsadlari haqida gapirar ekan, xar bir Farg`ona viloyatida tug`ilib o`sayotgan futbolchi “Neftchi” safida o`ynashni orzu qilishini aytib o`tdi.

– “Metallurg” tarkibida faoliyat olib borgan kezlarimdayoq “Neftchi”dan chorlovlar bo`lib turardi. Biroq Bekobod jamoasi bilan amaldagi shartnomam bo`lgani sababli Farg`onaga kela olmaganman. O`tgan yili bekobodliklar bilan kelishuvim yakunlandi va “Neftchi” mashg`ulotlariga kelib qo`shildim. Sherzod aka Raimjonovning takliflariga binonan “Neftchi”ga keldim. O`zim ilk futbol saboqlarini Farg`onada olganman. Keyinchalik Oliy ligani boshqa jamoasida omadimni sinash imkoniyati tug`ilgan. Bir-necha mavsum davomida boshqa klub safida faoliyat olib borib katta futbolda tajriba orttirdim. “Neftchi” jamoasining ravnaqi va rivojlanishi, shu bilan birga muvaffiqiyatli natijalarida o`z hissamni qo`shmoqchiman. “Neftchi” – katta va buyuk tarixga ega jamoa!

Fikrimcha, Farg`ona viloyatida tug`ilib o`sayotgan xar bir futbolni tanlagan yigit “Neftchi” safida o`ynashni orzu qiladi. Jamoada meni iliq kutib olishdi. O`zim farg`onalik bo`lganim uchun jamoadagilar bilan tez kirishib ketdik. Toshkent yig`ini davomidagi o`yinlarda gol urishga ham ulgurdim. Nasib qilsa, yangi mavsumdagi rasmiy o`yinlarda ushbu gollar davomiy bo`ladi. Jamoadagi Javohir Rasulov hamda Husniddin G`ofurov singari futbolchilarni avvaldan bilaman. Ular bilan futbol maktabida birga taqsil olganmiz. “Neftchi” muxlislari haqida gapiradigan bo`lsam, o`z vaqtida men ham ushbu jamoaga ashaddiy muxlis bo`lganman. “Neftchi”ning OChL doirasidagi uy o`yinlari bo`ladigan kuni ertalabdan stadion atrofida yurardik. Jamoa muxlislari mana shunday tarzda o`z klublarini sevishadi va undan doim g`alaba kutishadi. Yaxshi niyatlar bilan “Neftchi”ga keldim. Jamoadagi ishonchli o`yinlarim orqali MTJmiz murabbiylarini e`tiborini tortib bosh jamoamiz safida o`ynash ham asosiy niyatlarimdan biri sanaladi. Shu o`rinda meni katta futbolga olib kirgan Rustam Mirsodiqov va Shavkat Saidovlarga katta rahmat aytmoqchiman, – dedi Abdujabborov “Neftchi” rasmiy saytiga bergan intervyusida.

    Boshqa yangiliklar