AsosiySport

“Lokomotiv”ning OChLdagi raqibi mag`lubiyatga uchradi

'“Lokomotiv”ning OChLdagi raqibi mag`lubiyatga uchradi'ning rasmi

"Lokomotiv"ning Osiyo chempionlar ligasidagi raqibi "Al Ahli" kecha o`z maydonida yutqazib qo`ydi. BAA chempionatining navbatdagi tur uchrashuvini o`z maydonida "Al Ayn"ga qarshi o`tkazgan "Al Ahli" 1:2 hisobida mag`lub bo`ldi.

Uchrashuvning birinchi taymida hisob ochilmadi. Tanaffusdan so`ng 51-daqiqada "Al Ayn" etakchisi Umar Abdulrahmon o`yindagi dastlabki to`pni kiritdi. 87-daqiqada mezbonlar vakili Sayid Jassim Solih hisobni tenglashtirdi. Lekin 90+1-daqiqa o`tib borayotgan bir paytda Kayo g`alaba to`pini kiritib, o`z jamoasiga uch ochkoni taqdim etdi.

Turnir jadvalida "Al Ahli" 16 o`yindan so`ng 32 ochko to`plagan holda 4-o`rinda bormoqda. Eslatib o`tamiz, OChL 2-turidan o`rin olgan "Lokomotiv" - "Al Ahli" bahsi 27 fevral kuni TTZdagi "Lokomotiv" stadionida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar